Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev universitetning qishloq xo‘jaligi sohasi olimlari, doktorantlari, magistrlari va 4-kurs talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor Prezident Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashuvida belgilangan muhim vazifalar va ekologik muammolarga qaratildi.
Rektor o‘z ma’ruzasida ta’kidlaganidek, global iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, tuproq degradatsiyasi, cho‘llanish va bioxilma-xillikning qisqarishi qishloq xo‘jaligini an’anaviy usullarda rivojlantirish imkoniyatini cheklaydi. Shu bois, ilmiy asoslangan va resurs tejovchi modellar yaratish universitet uchun dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Yig‘ilishda quyidagi ekologik muammolar alohida qayd etildi:
🔵Amudaryo havzasida suv tanqisligi va suv oqimining qisqarishi;
🔵Erlarning sho‘rlanishi va unumdorlikning pasayishi;
🔵Iqlim isishi natijasida hosildorlikka salbiy ta’sir;
🔵Kimyoviy o‘g‘it va pestitsidlarning me’yorsiz qo‘llanilishi;
🔵Cho‘llanish va bioxilma-xillikning yo‘qolishi.
Shu munosabat bilan universitet qishloq xo‘jaligi sohasida ekologik barqaror, ilmga asoslangan va resurs tejovchi tadqiqotlar markaziga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Universitet oldidagi strategik maqsadlar hamda olimlar, doktorantlar, magistrlar va 4-kurs talabalari uchun vazifalar belgilab berildi.
Universitet oldidagi strategik maqsadlar:
- Ekologik barqaror qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirish:
🟢Suv tejovchi agrotexnologiyalar va iqlimga moslashgan yechimlar;
🟢Sho‘r va kam suvli yerlar uchun yangi agrotexnik modellar;
🟢Biologik o‘g‘itlar va organik dehqonchilik elementlari;
🟢Chiqindisiz va kam uglerodli texnologiyalar. - Ilm–ta’lim–ishlab chiqarish–ekologiya integratsiyasi:
🟢Ilmiy laboratoriyalarni ekologik muammolarga yo‘naltirish;
🟢Fermer xo‘jaliklari bilan “yashil tajriba maydonlari”ni tashkil etish;
🟢Har bir ilmiy ishda ekologik ta’sir bahosini joriy qilish. - Raqamli va intellektual yechimlar:
🟢Suv sarfi va hosildorlikni optimallashtirish uchun matematik modellar;
🟢Dronlar, sensorlar va sun’iy intellekt orqali ekologik monitoring;
🟢Yer, suv va hosil holatini prognoz qilish tizimlari.
Olimlar oldidagi vazifalar:
🟢Ekologik xavfsiz agrotexnologiyalar bo‘yicha amaliy tadqiqotlar;
🟢Iqlim o‘zgarishiga mos navlar va texnologiyalar ishlab chiqish;
🟢Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish va tijoratlashtirish;
🟢Xalqaro ekologik va agrar grantlarda ishtirok etish.
Doktorantlar va magistrlar uchun ustuvor yo‘nalishlar:
🟢Dissertatsiya mavzularini suv, yer va iqlim muammolari bilan bog‘lash;
🟢Ekologik modellashtirish, prognoz va optimal boshqaruv usullari;
🟢Hududiy agroekologik muammolar bo‘yicha yechimlar ishlab chiqish;
🟢Ilmiy ish natijalarini fermerlarga joriy etish mexanizmlari.
4-kurs talabalari uchun vazifalar:
🟢“Yashil qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishida startap va loyihalar;
🟢Bitiruv ishlarini real ekologik muammolarga bag‘ishlash;
🟢Dron, GIS va raqamli agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish;
🟢Ilmiy to‘garaklar va tajriba maydonlarida faol ishtirok.
Yig‘ilishda xorijiy ilg‘or tajribalar ko‘rib chiqilib, ulardan hududimiz sharoitiga mos innovatsion yechimlar ishlab chiqishda namuna olish ta’kidlandi.
🟢Niderlandiya — suv cheklangan sharoitda yuqori hosildorlik;
🟢Isroil — suvni qayta ishlash va sho‘r hududlarda samarali qishloq xo‘jaligi;
🟢Germaniya — organik dehqonchilik va dual ta’lim;
🟢Yaponiya — aqlli qishloq xo‘jaligi va robotlashtirish;
🟢AQSh — agrobiznes va startaplar ekotizimi;
🟢Xitoy — raqamli monitoring va sun’iy intellektdan keng foydalanish.
“Qishloq xo‘jaligida muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li — ekologiya, ilm-fan, raqamli texnologiya va kadrlar salohiyatining uyg‘unligidadir.
Ilg‘or tajribalarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, balki ularni hudud sharoitiga moslashtirib, milliy ilmiy maktabimiz asosida joriy etishimiz kerak”, — dedi Rasul To‘rayev.
