Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida yurtimiz daxlsizligi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning izdoshlari — marhum otalari kasbini tanlagan yigit-qizlar ishtirokida “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi” mavzusida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy mashgʻulotlar Energetika va sanoat muhandisligi hamda Qurilish va irrigatsiya fakultetlarida oʻtkazilib, unda Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat tushunchalarining ahamiyati haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy kasbga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.