Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Belarus biznes-forumining ta’lim, fan va sog‘liqni saqlashga bag‘ishlangan to‘rtinchi sektsiyasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul To‘rayev faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida rektor Rasul To‘rayev Belarusning yetakchi universitetlari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazib, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar va kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildi.
Mazkur uchrashuvlar Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda viloyat oliy ta’limi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
