Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 1-kurs talabalari Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bogʻi”ga tashrif buyurishdi.
Muzeyda talabalar Vatanimiz ozodligi yoʻlida qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va qatagʻon davriga oid qimmatli eksponatlar bilan tanishdilar.
“Vatanparvarlar bogʻi”dagi tarixiy ekspozitsiyalar va harbiy texnikalar esa yoshlarning milliy armiyamiz tarixi va bugungi qudratini chuqurroq anglashiga, ularda vatanparvarlik tuygʻusini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
