Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalarini yangi muhitga tez va samarali moslashtirish maqsadida “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

Dastur doirasida talabalar:
▫️ universitet hayoti va ichki tartib-qoidalari bilan tanishmoqda;
▫️ o‘quv jarayoni hamda turli to‘garaklar faoliyati haqida ma’lumot olmoqda.

Xususan, “Agrobiologiya” va “Mexanika va konchilik ishi” fakultetlari yoshlar uchun:
“Korrupsiya — kelajagimiz kushandasi”
“Yoshlar orasida jinoyatchilik, diniy ekstremizm va giyohvandlikning oldini olish” mavzularida ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbirlar talabalarni ma’naviy saviyasini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishga xizmat qilmoqda.