Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2025-yilning 16-iyun sanasidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari boshlandi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi — talabalar olgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlashda muhim bosqich hisoblanadi.
Attestatsiya jarayonlari belgilangan tartib asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.
Talabalarimizga ushbu muhim imtihonlarda omad, muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari Mexanika va konchilik ishi fakultetida ham tashkil etildi.
Imtihon jarayoniga universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Primkulov tashrif buyurib, Davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan birgalikda uni boshlab berdi.
Tadbir davomida prorektor bitiruvchi talabalarni yakuniy bosqichga yetib kelganlari bilan tabriklab, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, yakuniy attestatsiya — bu nafaqat baholash, balki har bir talabaning bilim va salohiyatini namoyon etish imkoniyati ekanini ta’kidladi.
Attestatsiya jarayonlari belgilangan tartibda, oshkoralik va shaffoflik tamoyillari asosida davom etmoqda.
