Universitet rektori R.To’rayev boshchiligida navbatdagi kengaytirilgan Apparat yig’ilishi bo’lib o’tdi
Yig’ilishda davlatimiz rahbarining videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarning ijrosi toʻgʻrisida, universitet rektorining kengaytirilgan Apparat yig‘ilishlarida soha prorektorlariga bergan topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risida, oliygoh hududida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalarning taqdimoti hamda Qurilish va irrigatsiya fakulteti dekani A.Butayarovning Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganligining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtiroki tafsilotlari to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi.
Yig’ilish yakunida “Muhandislar” sport klubi raisi o’rinbosari Sh.Boyboʻtayevning O‘zDJTSUda sport klublari rahbarlari uchun o‘quv seminar kursida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangani e’tirof etildi.
