O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning
20-iyun sanasida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yigʻilishidagi berilgan qator topshiriqlari asosida “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri yo‘lga qo‘yildi.

Shu asosida ishlab chiqarish korxonalarning muhandis-texnolog tayyorlovchi oliygohlar moddiy texnik bazasini homiylik asosida mustahkamlash yuzasdan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan Sherobod sement zavodi Termiz muhandislik-texnologiya institutiga o‘zining dastlabki homiylik kelishuviga asosan mutaxassis kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 27-iyun kuni institut hisobiga 150 000 000 (bir yuz ellik million) so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazdi.

Мazkur homiylik asosida o‘tkazilayotgan mablag‘lar talabalar uchun o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berish, laboratoriya jihozlarini xarid qilish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotlarda qo‘llash imkoniyatini oshirish hamda institut moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilishi belgilab olingan.