Institutning Qurilish fakulteti Suv xo‘jaligi va melioratsiyasi hamda Gidrotexnika inshoatlari va nasos stansiyalaridan foydalanish yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar «TO’POLANG GESI» UK da o’quv tanishuv amaliyotida bo’lishdi.

O’quv amaliyoti davomida talabalarga «TO’POLANG GESI», uning ishlash tizimi , xodimlarning ish tartibi hamda mazkur gesdagi qurilmalarning qayday tartibda ishlashi qilinayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida so’zlab berildi.

Bundan tashqari talaba-yoshlar tanishuv amaliyoti davomida suv omborining hajmi, ZARCHOB-1 va ZARCHOB-2 GESlari haqida ham ma’lumotlarga ega bo’lishdi.