Termiz muhandislik-texnologiya institutiga Denov tumanining Sina hamda O‘shor mahallasidan 45 nafar yoshlar biriktirilgan.
Bugun mazkur yoshlarning xonadonlariga institut rektori O‘.Axmedov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov hamda institut yoshlar yetakchisi U.Bekmurodovlar borib holidan xabar olishdi hamda kirib kelayotgan yangi 2024-yil bayrami bilan qutlab, yangi yil sovg’alarini ulashishdi.
Shu bilan birgalikda ushbu yoshlarning muammolarini, sog’liklaridagi o’zgarishlari, o’qishlari, qo’shimcha fan mashg’ulotlarini o’zlashtirish holatlari yuzasidan suhbatlashishdi. Xususan Denov tumani 97-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchisi P.Ubaydullayevaning fan to’garak o’qituvchilari va maktab rahbariyati bilan gaplashib, qo’shimcha fan mashg’ulotlari uchun kerakli bo’lgan adabiyotlar bilan ta’minlashga kelishib olindi.
Shuningdek, Ushor mahallasida istiqomat qiluvchi D.Xudoynazarovaga miqdorida moddiy yordam ko’rsatildi.
Bundan tashqari E.Azamov, I.Xo’jayev, B.Musulmonov, M.Ko’charova, X.Rozikov, Sh.Kiyamov, M.Saidova, Z.Abdulmajidov, S.Meliqulovalarga oziq-ovqat paketlari ulashishdi.
Institut rektoriga biriktirilgan yoshlarning oilaviy sharoitlarini o‘rganish, ularga tegishli ko‘maklar berish ishlari davom etmoqda.
