Termiz muhandislik-texnologiya institutida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Unda talaba-yoshlar huquqiy savodxonlikni namoyon etuvchi sahna ko’rinishlari, ajoyib kuy va raqslar ijro etishdi.
Shuningdek, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, uning yaratilish tarixi haqida ustozlar tomonidan ma’ruza qilindi.
