Bugun Termiz muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyi faollar zalida yangilanayotgan Konstitutsiya qonuni loyihasi bo’yicha targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati S.Abduraimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Mardayevlar ishtirok etishdi.
Tadbirda institut professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlarga deputatlar tomonidan Konstitutsiya qonuni loyihasi, uning yangilanish zarurati hamda qo’shimcha kiritilayotgan moddalar haqida tushunchalar berishdi.
Tadbir so’ngida talaba-yoshlar yangilanayotgan qonun loyihasi haqida o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mutaxassislardan javoblar olishdi.
