Yosh oilalarda kitobxonlikni targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida institutning (turmush qurgan) talaba-yoshlari o’rtasida «Zukko kitobxon» tanlovi bo’lib o’tdi.

Unda talaba-yoshlar o’zlari sevib mutolaa qilgan turli badiiy asarlar haqida yig’ilganlarga so’zlab berdilar.

Shuningdek, tadbir davomida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor M.Majitov hamda institut Yoshlar yetakchisi U.Bekmurodovlar talabalarga bugungi kunda yurtimizda o’tkazilayotgan konstitutsion islohotlar, xususan yangilanayotgan konstitutsiya qonuni loyihasi va bo’lib o’tishi rejalashtirilayotgan umumxalq referendumida faol ishtirok etish to’g’risida tushuncha va tavsiyalarni ham berib o’tishdi.

 Bizni kuzatib boring