Bugun, 27-mart kuni institutda “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bu – mening Konstitutsiyam” mavzusida yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targ’ibotiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i I.Xayrullayev, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, shuningdek, referendum o’tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo’yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilayotgani taʼkidlandi.
