Joriy yilning 7-aprel sanasida institutda milliy va zamonaviy ruhdagi, milliyligimizga mos kiyimlarni targ’ib qilish maqsadida “Milliy liboslar” tanlovi o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur tanlovda institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda talaba-yoshlar o’z liboslari kolleksiyasi bilan ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o’tamiz tanlov g’oliblari diplom va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Ishtirok etish istagida bo’lganlar institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisi B.Shukurovaga murojaat qilishlari tavsiya etiladi. +99890 747 40 98