​Tashrif davomida delegatsiya “Mogilyovliftmash” OAJ faoliyati bilan tanishib, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va korxonaning tajribasini o‘rgandi.

​Shuningdek, “K.P. Orlovskiy nomidagi Rassvet” OAJning chorvachilik, bog‘dorchilik va issiqxonachilik yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan tanishildi.

​Mazkur tashrif TDMAU uchun ham amaliy ahamiyatga ega. Xususan, sanoat, qishloq xo‘jaligi va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlarida ilg‘or tajribani o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

​Tashrif davom etmoqda.