Tashrifning dastlabki manzili Mogilyov viloyati bo‘lib, delegatsiya a’zolari Shon-shuhrat maydonidagi Abadiy olov yodiga gul qo‘yib, ozodlik va tinchlik yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasini yod etdi.
Delegatsiya tarkibida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul To‘rayev ham ishtirok etmoqda.
Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hududlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hamda uni 2026–2028 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Mazkur kelishuvlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Tashrif davom etmoqda.
