Tashrif davomida delegatsiya “Mogilyovliftmash” OAJ faoliyati bilan tanishib, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va korxonaning tajribasini o‘rgandi.
Shuningdek, “K.P. Orlovskiy nomidagi Rassvet” OAJning chorvachilik, bog‘dorchilik va issiqxonachilik yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan tanishildi.
Mazkur tashrif TDMAU uchun ham amaliy ahamiyatga ega. Xususan, sanoat, qishloq xo‘jaligi va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlarida ilg‘or tajribani o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish, ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Tashrif davom etmoqda.
