​Tashrifning dastlabki manzili Mogilyov viloyati bo‘lib, delegatsiya a’zolari Shon-shuhrat maydonidagi Abadiy olov yodiga gul qo‘yib, ozodlik va tinchlik yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasini yod etdi.

​Delegatsiya tarkibida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul To‘rayev ham ishtirok etmoqda.

​Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hududlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

​Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hamda uni 2026–2028 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

​Mazkur kelishuvlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish uchun ham muhim ahamiyatga ega.

​Tashrif davom etmoqda.