​“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari boy madaniy merosimizni o‘rganish maqsadida Samarqand shahrida boʻlishdi. Sayohat jamoaning ma’naviy hordiq chiqarishi va ajdodlarimizdan qolgan bebaho xazinani dildan his qilishlari uchun xizmat qildi.

​Ziyorat davomida jamoa Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Shohi Zinda, Amir Temur hamda Islom Karimov maqbaralari kabi muqaddas maskanlarni ziyorat qilishdi. Tarixiy obidalarningme’moriy yechimlari va devoriy bezaklari bilan yaqindan tanishish ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

​Ushbu tashrif xodimlarning dunyoqarashini boyitib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi. Samarqandning boy tarixi va go‘zalligi bilan tanishuv barcha ishtirokchilarning xotirasida o‘chmas iz qoldirdi.