“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari boy madaniy merosimizni o‘rganish maqsadida Samarqand shahrida boʻlishdi. Sayohat jamoaning ma’naviy hordiq chiqarishi va ajdodlarimizdan qolgan bebaho xazinani dildan his qilishlari uchun xizmat qildi.
Ziyorat davomida jamoa Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Shohi Zinda, Amir Temur hamda Islom Karimov maqbaralari kabi muqaddas maskanlarni ziyorat qilishdi. Tarixiy obidalarningme’moriy yechimlari va devoriy bezaklari bilan yaqindan tanishish ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu tashrif xodimlarning dunyoqarashini boyitib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi. Samarqandning boy tarixi va go‘zalligi bilan tanishuv barcha ishtirokchilarning xotirasida o‘chmas iz qoldirdi.
