Buyuk sarkarda xotirasiga ehtirom

​Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Metrologiya va texnik tizimlarni avtomatlashtirish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan ushbu kecha yoshlar qalbida milliy g‘urur tuyg‘usini jo‘sh urdirdi.

​Tadbirning eng hayajonli qismi talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan tarixiy sahnalashtirilgan chiqishlar bo‘ldi. Sohibqiron hayoti va adolatli boshqaruvi aks etgan lavhalar tomoshabinlarga yuksak ruhiy taassurot ulashdi.

​Milliy kuy va qo‘shiqlar uyg‘unligida o‘tgan tadbir yakunida iqtidorli va faol talabalar universitet ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.