Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Movaro” massiviga tashrif buyurdi. Viloyat rahbari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti qoshidagi “Termiz Farovon Servis” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan hududda amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish, rekonstruksiya va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

​Tashrif davomida U.Qosimov aholi vakillari bilan samimiy muloqot qilib, hududni toza saqlash va yaratilgan imkoniyatlarni asrab-avaylashda aholining daxldorlik hissi muhimligini ta’kidladi. Binolarning tashqi fasadi yangilangani, hududdagi yashil maydonlar hamda xavfsizlikni ta’minlovchi videokuzatuv kameralari alohida e’tirof etildi. Podezdlardagi namunali tartib va tozalik ishlariga yuqori baho berildi.

​Viloyat hokimi servis sifatini yanada oshirish, aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, yashil maydonlarni parvarishlashda samarali usullardan foydalanish hamda hududda tinchlik va osoyishtalikni taʻminlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.