Buyuk sarkarda xotirasiga ehtirom
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Metrologiya va texnik tizimlarni avtomatlashtirish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan ushbu kecha yoshlar qalbida milliy g‘urur tuyg‘usini jo‘sh urdirdi.
Tadbirning eng hayajonli qismi talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan tarixiy sahnalashtirilgan chiqishlar bo‘ldi. Sohibqiron hayoti va adolatli boshqaruvi aks etgan lavhalar tomoshabinlarga yuksak ruhiy taassurot ulashdi.
Milliy kuy va qo‘shiqlar uyg‘unligida o‘tgan tadbir yakunida iqtidorli va faol talabalar universitet ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
