Ayni paytda Termiz shahridagi «Vatanparvarlar» bog‘i harbiy va vatanparvarlik ruhi bilan gavjum. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan kuch tuzilmalarining ko‘rgazmalari va qizg‘in tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi ushbu tantanalarda faol ishtirok etmoqda. Professor-o‘qituvchilar va talabalar harbiy texnikalar namoyishi bilan tanishib, vatanparvarlik muhitidan bahramand bo‘lmoqdalar.
Birozdan so‘ng kuch tuzilmalarining shahar bo‘ylab tantanali marshi boshlanadi. Bizni kuzatishda davom eting!
