Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakultetida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida “Workshop (Karyera kunlari)” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Markaziy bank, O‘rmon xo‘jaligi hamda Hayvonlar kasalliklari tashxisi davlat markazi vakillari ishtirok etib, talabalarga bo‘sh ish o‘rinlari va ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Mahorat darsi davomida bitiruvchilarga rezyume (CV) tuzish, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish hamda kasbiy kompetensiyalarni to‘g‘ri namoyon etish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Mazkur muloqot yosh mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishlari uchun samarali maydon bo‘ldi.
