​Universitetimizda H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti laboratoriya boshlig‘i, g.-m.f.f.d. (PhD) A.X.Hamrayev ishtirokida «Geologiya-qidiruv ishlarini loyihalash» mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

​Mashg‘ulot davomida sohada qo‘llanilayotgan GIS, GNSS va 3D modellashtirish kabi zamonaviy texnologiyalar hamda «Raqamli geologiya» tizimining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

​Muloqotda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida sohani rivojlantirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalariga to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, yangi konlarni aniqlash, mahalliy xomashyo bazasini kengaytirish va ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.

​Yakunda zamonaviy geolog nafaqat dala mutaxassisi, balki yuqori texnologik jarayonlarni boshqaruvchi analitik bo‘lishi kerakligi bo‘yicha xulosalar berildi.