Navro‘z umumxalq bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab “Yurt obodligi – avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan xayriya hashari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ham katta quvonch va birdamlik bilan davom etmoqda.

​Hashar doirasida universitet hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, o‘quv binolari, talabalar turar joylari va yordamchi inshootlar atrofi tartibga keltirilib, chiqindilardan tozalanmoqda. Ariq va lotoklar tartibga keltirilib, daraxtlarga shakl berish va oqlash ishlari uyushqoqlik bilan bajarilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi manzarali va mevali daraxt, rang-barang gul ko‘chatlari ekilmoqda. Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida universitet jamoasining ko‘rsatayotgan faolligi natijasida ta’lim dargohi yanada fayzli qiyofa kasb etmoqda.