Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti bitiruvchi talabalari ishtirokida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi, Milliy bank hamda Aloqa bank mas’ul rahbarlari ishtirok etib, yoshlarga biznes loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zaruriy tushunchalar berishdi.

​Muloqot davomida bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratish tartibi, startap loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari va davlat tomonidan yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Talabalar o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish yuzasidan mutaxassislardan amaliy tavsiyalar va savollariga javoblar oldilar.