Sizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi — 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugun biz sizlarni nafaqat oilamiz bekasi va mehridaryo onalar, balki jamiyatimizning mustahkam ustuni, ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo‘shayotgan zakovatli olimalar va kelajagimiz poydevori bo‘lgan izlanuvchan yoshlar sifatida yuksak qadrlaymiz.
Universitetimiz erishayotgan yutuqlarda, muhandislik va agrotexnologiyalar sohasidagi ilmiy izlanishlarda sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va onalik mehringiz mujassam. Ilm yo‘lidagi zahmatli faoliyatingiz va jamiyat hayotidagi faol ishtirokingiz har qanday tahsinga loyiqdir.
Ushbu quvonchli ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va ilmiy-ijodiy ishlaringizda zafarlar tilayman. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodlik hech qachon arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Rasul Toʻrayev,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori
