8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yurtimizning faol va olima ayollariga bayram tabriklari yo‘llandi.

Jumladan, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti olimasi Safarova Ro‘zigul To‘xtamishevnaga Prezidentimizning samimiy tilaklari va yuksak ehtiromi ifodalangan bayram tabrigi topshirildi.

Universitet jamoasi nomidan Ro‘zigul To‘xtamishevnani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.