🌸 Tadbir davomida o‘zining kasbiy mahorati, faolligi va tashabbuskorligi bilan universitet rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ayol professor-o‘qituvchilar hamda xodimalarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayramning badiiy qismi esa universitet faol talabalari va vohamiz san’atkorlari tomonidan musiqiy chiqishlar va raqslar bilan davom etib, tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
💐 Shuningdek, rektor R.To‘rayev sana munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchi ayollari hamda talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar ham munosib taqdirlandi.
