Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida ta’lim, startap, kasbiy tayyorgarlik, volontyorlik va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator yangi tashabbuslar ilgari surildi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7042).

🟢“Voice Up” inkluziv oromgohi barcha hududlarda o‘tkazilib, 1 000 nafar yosh qamrab olinadi va Samarqand shahrida Xalqaro inkluziv oromgoh tashkil etiladi.

🟢“Upshift” startap dasturi kengaytirilib, eng yaxshi 40 ta loyiha uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi.

🟢Har yili kamida 100 ta texnikum to‘liq modernizatsiya qilinadi va “dual ta’lim” kengaytiriladi.

🟢Texnikum o‘quvchilari uchun “Work and Travel” dasturi joriy etiladi.

🟢 Xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar soni 600 mingdan oshdi, xususiy o‘quv markazlari soni 38 mingtaga yetdi.

🟢“Ko‘mak” dasturi doirasida yoshlar uchun 300 mln so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

🟢Har yili 20 ming yosh kelajak kasblariga o‘qitiladi, tumanlarga 500 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

🟢Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 mlrd so‘mlik jamg‘arma tashkil etiladi, loyihalarga 100 mln so‘mgacha grant beriladi.

🟢Yosh oilalar uchun ipoteka kreditida 14%dan yuqori qismi budjetdan qoplanadi.

🟢Kitobxonlikni rivojlantirish uchun ijodkorlarga oyiga 20 mln so‘m, tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha 7%li ssuda ajratiladi.

🟢“Ikkinchi imkon” loyihasi doirasida jazo muddatini o‘tagan yoshlar 8–12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘lishadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *