Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Kimyo muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchilari Asatullo Ochilov hamda Sayyora Durmanova tomonidan ilmiy va o‘quv adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda mualliflarning “Analitik, fizkolloid va bioorganik kimyo” fani bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalari tanishtirildi. Ushbu adabiyotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va sohaga oid zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.

Taqdimot yakunida ishtirokchilar adabiyotlarning mazmuni va o‘quv jarayonidagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *