O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Amirulla Abdullayev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.

U universitet rektori Rasul To‘rayev hamrohligida zamonaviy infratuzilma, ilmiy faoliyat yo‘nalishlaridagi yutuqlar hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shu jumladan, amaliyot laboratoriyalari, issiqxonalar, innovatsion ilmiy markazlar va talabalar turar joylaridagi qulay muhitning ilmiy va amaliy faoliyatdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tashrif davomida A. Abdullayev “og‘ir” mahallalar infratuzilmasini yangilash bo‘yicha talabalar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar, shuningdek, Axborot texnologiyalari markazi tomonidan joriy etilgan raqamlashtirish jarayonlari, elektron monitoring tizimlari va innovatsion xizmatlar bilan ham tanishdi.

Tashrif yakunida mehmon universitetning innovatsion yondashuvlari va raqamli yechimlarini yuqori baholadi.