Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli ijodkor va iste’dodli shoir Gʻayrat Majid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Mengnor Ollamurod, professor-o‘qituvchilar hamda Mexanika va konchilik ishi fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, kitobxonlik va mutolaa madaniyati haqida fikr almashildi. Shoir tomonidan she’rlar o‘qildi, yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy fikrlar ulashildi. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Gʻayrat Majid — 1976 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. Shoirning “Gul sanam”, “Hech kimga o‘xshamaysan”, “Seni sog‘inaman”, “Ko‘ksimdagi yulduzlar”, “Ishqqa borar yo‘l”, “Bobolarim yurti”, “Oqqushlarga aylanar yurak”, “Ayiqchaning tushi”, “Bunda bulbul kitob o‘qiydi”, “Mumkin emas sening yig‘lashing”, “Besh dars”, “Yo‘ldaman, nurli yo‘lda”, “Ishq ayyomi”, “Oppoq tabassum” kabi qator kitoblari nashr etilgan.
