Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurgan texnika fanlari doktori, professor, Butunjahon konchilik akademiyasi akademigi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari Abdurashid Hasanov talabalar uchun dars mashg‘ulotlari o‘tkazgani haqida xabar (https://t.me/TerDMAU/28924) bergan edik.
Akademik universitet rektori Rasul To‘rayev hamrohligida zamonaviy infratuzilma, ilmiy faoliyat yo‘nalishidagi yutuqlar va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.
“Surxon geologiyasi” muzeyi, amaliyot laboratoriyalari, robototexnika xonasi va issiqxonada yaratilgan imkoniyatlar ta’lim sifati, amaliy ko‘nikmalar va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Abdurashid Hasanov konchilik va metallurgiya ilmiga katta hissa qo‘shgan olim bo‘lib, uning ilmiy ishlari ishlab chiqarish jarayonlarida samarali qo‘llanilmoqda. U “Mehnat shuhrati” ordeni, “Konchilik shuhrati”, “Shaxtyorlik shuhrati” ko‘krak nishonlari va boshqa nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.
Mazkur tashrif ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
