Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda universitet rektori Rasul To‘rayev, professor-o‘qituvchilar, energetika sohasi mutaxassislari, faxriylar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet rektori energetika sohasining mamlakat taraqqiyotidagi strategik ahamiyati haqida toʻxtalib, sohaning kelajagi bilimli va tashabbuskor talabalar — bo‘lg‘usi mutaxassislar bilan bog‘liq ekanini qayd etdi. Yosh kadrlarni tayyorlash, ularning amaliy va innovatsion tafakkurini rivojlantirish universitetning muhim vazifalaridan ekani alohida taʼkidlandi.

Tadbirda shunigdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo viloyati filiali bo‘lim boshlig‘i Nazar Shaymatov, Buxoro viloyati filiali direktori o‘rinbosari, universitetning sobiq bitiruvchisi Azamat Boboyev hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Panji Rahmonqulov so‘zga chiqib, energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar, investitsion loyihalar va modernizatsiya jarayonlari haqida fikr bildirdilar.

Tadbir so‘ngida bir guruh iqtidorli talabalar taqdirlandi. Ushbu bayram tadbiri energetika sohasi xodimlarini rag‘batlantirish va yoshlarni kasbga qiziqtirishga xizmat qildi.