Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibidan universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlariga oid qator masalalar o‘rin oldi. Xususan, fakultetlarda xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallash, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish hamda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar hisobot berdilar.
Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda talabalarning kontrakt-to‘lovlarini amalga oshirish holati, bitiruvchi talabalarning ishga joylashtirilishi hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar alohida ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, universitet talabalar turar joylari, ijara xonadonlarda yashovchi talabalarning tartib-intizomi va yashash sharoitlariga oid masalalar muhokama etildi.
Yig‘ilish yakunida rektor Rasul To‘rayev mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ta’lim sifati hamda talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
