Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litseyda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ochiq dars akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari uchun pedagogika fanlari doktori, professor O‘g‘iloy Sultonova tomonidan “Mexanik tebranishlar” mavzusida o‘tkazildi. Dars jarayonida zamonaviy va innovatsion ta’lim metodlaridan unumli foydalanilib, mavzu o‘quvchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazildi.

Ochiq dars o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi va bunday darslarni muntazam tashkil etish muhimligi qayd etildi.