Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul Toʻrayev rahbarligida Kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

📝 Yigʻilishda kun tartibidagi quyidagi masalalar uzasidan hisobotlar tinglandi va muhokamalar oʻtkazildi:
↪️ Taʼlim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi,
↪️ Universitet huzuridagi akademik litsey faoliyati va o‘quv jarayonining borishi,
↪️Energetika va sanoat muhandisligi fakultetida o‘quv, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘qituvchilar mehnat intizomi, talabalar davomati, fakultetning istiqbolli rejasi,
↪️ Ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati,
↪️ O‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklarni nashrga tavsiya etish, ilmiy mavzularni tasdiqlash va shifrlarni o‘zgartirish.

✅ Muhokamalar jarayonida:
➡️Prezidentning “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 03.11.2025-yildagi PF–207-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish,
➡️litseyda “Kafedralar kuni”ni tashkil etish, o‘qituvchilarini ilmiy faoliyatga jalb qilish, o‘quvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari va fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish,
➡️fakultetlarda o‘quv jarayonining sifatini oshirish, ilmiy faoliyatni faollashtirish,
➡️Ijro intizomini kuchaytirish kabi vazifalar belgilanib, mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.