Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, mayor Asqar Mo‘minov boshchiligidagi mutaxassislar TDMAU Mexanika fakultetida “Yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdilar. Unda “Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish” va “Transport logistikasi” yo‘nalishlarining bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yo‘l infratuzilmasi, haydovchi omili, transport vositalarining texnik holati va ekologik sharoitlarning xavfsizlikka ta’siri bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar talabalarning savollariga javob qaytarib, dolzarb masalalarni yoritib berdilar.

Shuningdek, bitiruvchi talabalarga ishga joylashish imkoniyatlari, zarur kasbiy ko‘nikmalar hamda amaliyot jarayonidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.