Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Agrobiologiya hamda Energetika va sanoat muhandisligi fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor M.Majidov fakultetlarda yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini batafsil tahlil qildi.
Yig‘ilishda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ustoz-shogird tizimini rivojlantirish, talabalarni narkotik vositalarning zararlaridan ogoh etish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi qat’iy pozitsiyani shakllantirish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.
Tadbir yakunida ushbu chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish va yoshlar tarbiyasida tizimli yondashuvni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
