Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Xafsiz va sog’lom yurt” oyligi doirasida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi OTM profilaktika inspektorlari Sh.Aliyorov va M.Qamariddinov universitet talabalari bilan yaqinidan muloqot qildilar.

Profilaktik suhbat davomida talabalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, noqonuniy harakatlarga aralashmaslik, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va onlayn firibgarliklardan saqlanish bo‘yicha batafsil tavsiyalar berildi.

Tadbirda talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, psixologik muvozanatni saqlash, stress holatlarida to‘g‘ri yo‘l tutish, o‘zaro hurmat va muloqot madaniyatini rivojlantirish kabi mavzular ham muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar uchun yotoqxona hududida umumiy tartib-qoidalar, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati va xavfsizlik me’yorlariga rioya qilishning ahamiyati tushuntirildi.