Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul Toʻrayev rahbarligida Kengashning navbatdagi 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid bir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi asosiy masalalar o‘rin oldi:
▪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi;
▪️Universitet maqsadli ko‘rsatkichlarining bajarilish holati;
▪️2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonining borishi va natijalar;
▪️Ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati;
▪️Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, tegishli muhokamalar o‘tkazildi hamda quyidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi:
↪️ Texnika yo‘nalishidagi ikki ta’lim dasturini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish;
↪️ Professor-o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish;
↪️ Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb etish;
↪️ Davlat-xususiy sheriklik asosida “Kichik innovatsion korxonalar”ni tashkil etish;
↪️ Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar holatini ko‘rib chiqish;
↪️ Universitetning 2025-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlash;
↪️ Ijro intizomini mustahkamlash;
↪️ Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish.
Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar yuklatildi hamda ularning bajarilish muddatlari belgilandi.
