Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti Energetika va sanoat muhandisligi fakulteti tomonidan giyohvandlikning zararli oqibatlari va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet tyutorlari hamda talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida universitet profilaktika inspektori, mayor Sherzod Allayorov hamda tibbiyot xodimi Ozoda Hamrayeva so‘zga chiqishib, giyohvandlik moddalarining inson sog‘ligiga va ruhiy holatiga yetkazadigan salbiy ta’siri, shuningdek, jamiyat taraqqiyotiga bo‘lgan xavfli oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, yoshlarni narkojinoyatlardan yiroq bo‘lishga, g‘ayriqonuniy vositalardan qat’iy chetlashishga va hushyorlik darajasini oshirishga chaqirdi.

Tadbir davomida giyohvandlikning xavfli oqibatlarini aks ettiruvchi videolavhalar namoyish etilib, talabalarda mazkur illatning mohiyati va oqibatlari bo‘yicha kengroq tushuncha shakllantirildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi, hushyorlik madaniyati va mas’uliyatli hayotga bo‘lgan munosabatni mustahkamlashga xizmat qildi.