Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Agrobiologiya hamda Mexanika va konchilik ishi fakulteti talabalari Termiz shahridagi harbiy qismda o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”da ishtirok etdilar.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari Mengnor Ollomurodov, nafaqadagi harbiylar — podpolkovnik Baxtiyor Mardayev va serjant To‘lqin Boliyev ishtirok etib, yoshlar uchun armiyaning ahamiyati, Qurolli Kuchlardagi islohotlar va ularning natijalari haqida ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida talabalar zamonaviy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari va harbiy qismdagi sharoitlar bilan tanishdilar. Harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va samimiy suhbatlar yoshlarida katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini oshirishga xizmat qiladi.