Avval xabar berilgandek, bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026 yil oliy ta’limdan keyingi doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) va stajor-tadqiqotchilikka talabgorlar uchun imtihon va suhbat jarayonlari boshlandi.
Tayanch doktorantura (PhD) imtihonlari yozma shaklda, doktorantura (DSc) va stajor-tadqiqotchilik imtihonlari esa ixtisoslik bo‘yicha suhbat tarzida o‘tkazilmoqda.
Imtihon va suhbat jarayonlari ertaga, – 22 noyabr kuni ham davom etadi.
