Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakulteti, Avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” hamda “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishlari 1-kurs talabalari uchun 17 noyabr — Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarning bilim olishga bo‘lgan munosabati, faol ishtiroki va tashabbuskorligi yuqori baholandi. O‘qishda alohida yutuqqa erishgan talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu tadbir talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi marralar sari ilhomlantirish maqsadida tashkil etildi.
