Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidаn o‘tgan milliy qadriyatlaridir. Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotеxnologiyalar universiteti jamoasi ham «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Termiz tumanidagi tajriba-sinov maydonida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlash ishlari boshlab yuborildi.
Xususan, maydonning 3 gektarida bog‘ tashkil etish uchun 400 ga yaqin bodom, erta pishar shaftoli va o‘rik daraxti ko‘chatlari ekildi. Qolgan 8 gektari esa agro yo‘nalishidagi doktorantlar uchun ajratilgan bo‘lib, yer hududi iqlimga mos sabzavot va poliz mahsulotlari ekishga tayyorlandi. Bu yerda tadqiqotchilar qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy-ijodiy usullarda parvarish qilish, shuningdek, amaliy tajriba ishlarini olib borish bilan shug‘ullanishadi.
Maydonning sekin-asta yashil va ko‘rkam manzaraga aylanishi mehnatsevar universitet jamoasining azmu shijoatini yanada oshirmoqda. Shu bois tajriba-sinov maydonida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘zgacha shukuh bilan davom etadi.
